Kabinetni tashkil etish bo'yicha Namangan viloyatida ko‘plab
ish tajribalari amalga oshirilgan. Shunga ko‘ra,
kabinet tashkil
etish xona tanlashdan boshlanadi. Kabinet uchun xona tanlan-
gach, u qayta ta’mirlanadi, elektr manbayi bilan ta’minlanadi,
jihozlanadi va bezatiladi.1
Xona, aw alo, 45 minutlik dars jarayoniga tayyorlanadi.
Bunda xonadagi barcha narsalar o ‘tkaziladigan dars maqsadi
va vazifasiga qaratiladi. Xonada darsdan tashqari to ‘garaklar,
konsultatsiyalar, fakultativ m ashg‘ulotlar ham o ‘tkaziladi.
X onani jihozlash va bezatishda javonlar va tokchalardan
foydalaniladi.
Xona javonlari va tokchalarda o‘quv-didaktik materiallar, turli
qog'ozlar, metodik adabiyotlar, gazeta va jumallaming to ‘plamlari
saqlanadi. Eng yaxshi o ‘quvchilarning ishidan namunalar yig‘ib,
stend va ko‘rgazmalar tashkil qilinadi.
Kabinet faoliyatini yo‘lga qo'yish uchun, avvalo,
uning ish
rejasi tuziladi. Kabinetga faol o ‘quvchi!ardan yoki to ‘garak
a’zolaridan navbatchilar tayinlanadi.
Kabinet zaruriy texnik vositalar bilan ta ’minlanadi va kino-
proektor, epidiaskop, filmoskop,
televizor, reflektr — yoritgich-
lar, molbert — stol, stullar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, biologiya, geografiya,
adabiyot, matematika,
mehnat, chizmachilik, jismoniy tarbiya kabi fanlaming darslik
va zaruriy o‘quv-didaktik materiallari bilan ta’minlanadi.
Maktab tasviriy san’ati
kabinetida gipsli slepkilar, mulyajlar,
chuchelolar, 3—4 dona chelak, o‘quvchilaming hammasiga yetarli
stakan (bankalar) bo‘lishi zarur.
Maktab tasviriy san’ati o ‘quv predmetining o ‘quv-tarbiya
ishlarini to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yish — maktabni mutaxassis,
tasviriy
san’at o'qituvchisi bilan ta ’minlashdan iborat b o ‘lgan holda,
tasviriy san’at darsini boshlash uchun maktabda tasviriy san’at
kabineti bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: