talab maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil etish va uni zaruriy
o ‘quv-didaktik m ateriallar bilan ta ’m inlashdir. K abinetda
0
‘quvchilar qiziqishini oshirish uchun barcha zaruriy shart-
sharoitni yaratish lozim.
Maktab tasviriy san’at o ‘qituvchisi o‘quvchilarni tasviriy
san’atga qiziqishini oshirib borish tadbirlarini ishlab chiqadi. Sinf-
dan va maktabdan tashqari ishlarni muntazam tarzda amalga
oshiradi.
I—IV sinflarda o‘qituvchi tasviriy san’at darslarini o‘tkazish
metodikasi va didaktikasining pedagogik asoslariga tayanadi. Shunga
ko‘ra, o ‘qituvchi I—IV sinfda o ‘quvchilaming bilim-malakasi,
qiziqishi va yosh xususiyatiga ko‘ra dars materialini tanlaydi.
M a’lumki, I—III sinflarda hajmli predmetlar rasmi chiziladi.
Bu mashg‘ulotlaming samarali bo‘lishi uchun o ‘qituvchi ko‘proq
amaliy ishlarga e’tibor berib, o‘quvchilami rasm chizishning ilmiy
asoslari bilan tanishtirib boradi. Darsda tasvirlash mashqlari
uzluksiz, ya’ni didaktikaning ,,sistemalilik“ prinsipi asosida amalga
oshiriladi.
I—III sinflarda „Narsaning o ‘ziga qarab“ , „Mavzu asosida“
rasm chizish, „Badiiy-amaliy san’at“ va ,,Haykaltaroshlik“ka oid
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu sinflarda san’at asarlarini
o ‘rganish uchun alohida vaqt ajratilmagan bo‘lsa-da, har bir
mashg‘ulotda dars mavzusi bo‘yicha 1—2 tadan asar o‘rganib
boriladi. Bu mashg‘ulotlar asosida o ‘quvchilarga boshlang‘ich
sinfdanoq tasviriy san’at haqida, chiziq, kompozitsiya, shakl,
hajm, fazo, natura haqida boshlang‘ich m a’lum otlar berish
ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: