narsalarni e’tibor bilan ko‘rishga, predmetlar shakli, rangi va
mohiyatini tahlil qilishga o ‘rgatadi.
0 ‘qituvchi dars mavzusini o ‘quvchilarga oson, qisqa,
tushu-
narli qilib yetkazishga harakat qiladi. U dars jarayonida har bir
o‘quvchi bilan alohida-alohida ish olib borishi lozim. Darsni bos-
qichlarga bo‘lib, har bir daqiqadan unumli foydalanib o‘tkazishi
lozim. 0 ‘quvchilar
bilimini tekshirishdan boshlab, uyga vazifa
berishgacha bo‘lgan hamma jarayonlami erinmay amalga oshirish
zarur.
Xullas, maktab tasviriy san’at o ‘qituvchisining bosh vazifasi
bolalarda endi shakllanib kelayotgan tasvirlash qobiliyatini
o ‘stirishdan iborat bo‘lib, ularga
qalamni ushlashdan boshlab,
rasm daftarni parta ustiga qo‘yishni, rasmi chiziladigan narsa
va voqeani kuzatishni, olingan taassurotlarni qog‘oz
yuzasiga
tushirishni o'rgatishi lozim. Shuningdek, o ‘quvchini rasm chi
zishda mustaqil ishlashga, tashabbusga va ijodkorlikka boshlov-
chi ham o ‘qituvchidir. 0 ‘qituvchi rasm chizishga o‘rgatish bilan
birga, o‘quvchilarga estetik tarbiya ham beradi. Ularga mehnatga,
ijodga, o ‘z o'lkasiga, V ataniga,
xalqiga m uhabbat ruhini
singdirib boradi.
157