—
Kub — 6 tomonli, 12 qirrali, 24 burchakli bo‘lib, barcha
tomonlari, qirralari, burchaklari bir-biriga teng geometrik jism, —
deb javob beradi. Fan o‘qituvchisi o ‘z faoliyatida predmetlararo
bog‘lanish prinsipidan foydalanishi uchun o‘z fani bilan boglana-
digan fan dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini o'rganib
borishi, o‘sha fan bilan doimiy aloqada, hamkorlikda boMishi
lozim. Bu predmetlararo aloqa:
1. Darsning ilmiyligini, uning darsdagi tashabbusi va ijodiy
ishlashini ta ’minlaydi.
2. 0 ‘qituvchi mehnatini qisqartiradi, mehnat unumdorligini
oshiradi.
3. Dars materiallarini ixchamlashtiradi, darsdagi takror-
lami, umuman, maktab o‘quv fanlaridagi takrorlashlami kamay-
tiradi.
4. Fan o‘qituvchisining ish faoliyatini sistemaga soladi.
5. 0 ‘quvchilarga esa o‘quv fanlarini oson o‘zlashtirib olish
imkoniyatini berib, ularda ilmiy jihatdan asoslangan bilim va
malakalarga ega bo'lishda asosiy omil bo‘ladi. Ularni mukammal,
ilmiy jihatdan asoslangan bilim va malakalar bazasiga ega bo'lish-
larini ta’minlaydi.
Agar maktabning barcha o'qituvchilari shu sistemada ishlasa,
kunlik dars soatini 4—5 soatgacha, haftalik o ‘qish kunlarini 5
kungacha qisqartirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: