iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotini monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining xuquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xo‘jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish mexnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta'minot darajasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklar, davlat qo‘mimatalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarning xuquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga ijtimoiy va xuquqiy himoyalanishga bo‘lgan xuquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi. Ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtiradi;
sog‘liqni saqlash, xalq ta'limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashidi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo‘riqlanishini ta'minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
davlat borshqaruvi organlarinig tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va halqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va halqaro tashkilotlardagi vakillarini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.