1-Mavzu: “Jismoniy tarbiya va sport” to‘g‘risida (yangi tahrirda) O‘zbekiston Respublikasining qonuni o’rganish.
Reja: 1. Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risidagi qonunning umumiy qoidalari.
2. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari.
3. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda о‘tkazish.
Tayanch iboralar:jismoniy tarbiya va sport, qonun, ommaviy sport, jismoniy tarbiya, vazifasi, maqsadi, usullar, bilim, ko’nikma malaka, moddalar.
UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi. Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida О‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bо‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qо‘llani-ladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
jismoniy reabilitatsiya — odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yо‘qotilgan funksiyalarini hamda nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bо‘lgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish);
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi kо‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat bо‘lgan qismi;
jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bо‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi — о‘z tashabbusi bi-lan jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri о‘tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda о‘tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshooti — ommaviy jismoniy tar-biya tadbirlari va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini о‘tkazish uchun mо‘ljallangan, о‘ziga qо‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bо‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi inshoot;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari — aholini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etishga va aholi о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
ommaviy sport — sportning tashkil etilgan va (yoki) mustaqil mashg‘ulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini о‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etishga doir qismi;
professional sport — sportning sport musobaqalarini tashkil etish va о‘tkazishga doir qismi bо‘lib, sportchilar ularda о‘zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik kо‘rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi;
sport — odamlarning muayyan qoidalar bо‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bо‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik kо‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar о‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar;
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo о‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
sport bо‘yicha agent — sportchi nomidan va uning manfaatlari uchun shartnoma asosida faoliyat kо‘rsatadigan, tuzilgan shartnomalar shartlariga va sportchining huquqlariga rioya etilishini kuzatib boradigan shaxs;
sport musobaqasi — sportchilar о‘rtasida yoki sportchilar jamoalari о‘rtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) bо‘yicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) bо‘yicha о‘tkaziladigan bellashuv;
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bо‘yicha о‘quv-mashq mashg‘ulotlari va о‘quv-mashq yig‘inlarini о‘tkazish uchun mо‘ljallangan, о‘ziga qо‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bо‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot;
sportchining sport diskvalifikatsiyasi — sport turi qoidalarini yoki sport musobaqalari tо‘g‘risidagi nizomlarni (reglamentlarni) yoxud xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarni yoki respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan normalarni buzganlik uchun sportchini sport musobaqalarida ishtirok etishdan sportning tegishli turi bо‘yicha xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki sportning tegishli turi bо‘yicha respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan amalga oshiriladigan chetlashtirish;
sport turining tarmog‘i (dissiplinasi) — farqlovchi belgilarga ega bо‘lgan hamda bitta yoki bir nechta sport musobaqalari dasturlari turlarini о‘z ichiga oladigan sport turining qismi;
sport tadbirlari -sport musobaqalarini, о‘quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha boshqa tadbirlarni о‘z ichiga oladigan tadbirlar;
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi bо‘lib, u insonning sport musobaqalariga о‘ziga xos tarzda tayyorgarlik kо‘rishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini о‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega bо‘ladi;
sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini о‘tkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — О‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a’zolarini sportning tegishli turi bо‘yicha tayyorlash uchun a’zolik asosida tashkil etilgan va davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi tо‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
sportning texnik va amaliy turlari — sport natijalariga erishish uchun sportchi tomonidan umumiy jismoniy mashqlar majmuasidan tashqari,sport texnikasidan, moslamalaridan yoki texnikaviy vositalardan foydalana bilish va ularni boshqarish sohasidagi kо‘nikmalar va mahorat qо‘llaniladigan, shuningdek har xil sport turlaridan olingan, amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan mashqlar birikmasidan foydalaniladigan sport turlari. Sportning texnik va amaliy turlari yoshlarni О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismidir;
trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bо‘lgan hamda о‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini о‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
О‘zbekiston milliy sport turlari va xalq о‘yinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yо‘nalishga ega bо‘lgan hamda О‘zbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va о‘yin turlari;
О‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik kо‘rish hamda ularda О‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
havaskorlik sporti — sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish orqali odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
sportning harbiy-amaliy turlari — asosi harbiy xizmatchilar hamda maxsus xizmatni о‘tayotgan shaxslar tomonidan о‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq maxsus harakatlardan (shu jumladan usullardan) iborat bо‘lgan sport turlari.
4-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash;
har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bо‘lgan huquqini ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat kafolatlarini belgilash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zо‘ravonlikka yо‘l qо‘ymaslik;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga kо‘maklashish;
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari о‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kо‘maklashish;
О‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq о‘yinlarini rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
5-modda. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shu jumladan sport-texnika tashkilotlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari;
sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari;
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar;
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar,sportchilar, sport hakamlari,trenerlar,sport bо‘yicha agentlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislar, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining ishtirokchilari hamda tomoshabinlari;