30-modda. Fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida. jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish;
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari va xodimlar yoki ularning vakillik organlari о‘rtasidagi jamoa shartnomalari, kelishuvlari va mehnat shartnomalariga:
xodimlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya, sport, reabilitatsiya qiluvchi hamda xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga bog‘liq bо‘lgan boshqa tadbirlarni о‘tkazish
uchun sharoitlar yaratish haqidagi;
xodimlarga va ularning oila a’zolariga ushbu qismning ikkinchi xat boshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sport obyektlari, sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish imkoniyatini berish haqidagi;
sport obyektlariga, sport jihozlari va anjomlariga lozim darajada xizmat kо‘rsatilishi hamda ularning ta’mirlanishini ta’minlash, bunday obyektlar, jihozlar va anjomlarni saqlashni, ularga xizmat kо‘rsatishni hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi xodimlar mehnatiga haq tо‘lash haqidagi qoidalar kiritilishi mumkin.
Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari fuqarolarning yashash joyi va dam olish joyi bо‘yicha jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadi, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni jalb etish yо‘li bilan sharoitlar yaratadi.
Sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari va turistik bazalar rahbarlari fuqarolarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida fuqarolarning davolanishi hamda dam olishi jarayonida jismoniy tarbiya komponentlaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoalari kasaba uyushmalari qо‘mitalari bilan birgalikda xodimlarni hamda ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishga, shu jumladan ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasini tashkil etish hamda о‘tkazishga jalb etish maqsadida ixtiyoriy ravishdagi muntazam jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari va sport tadbirlari о‘tkazish bо‘-yicha sharoitlar yaratishi hamda ishlarni tashkil etishi mumkin.