7-modda. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini, shuningdek sport turlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasining sport
terma jamoalarini shakllantirish tartibini belgilaydi;
xalqaro hamda respublika miqyosidagi Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini, shuningdek Sportning texnik va amaliy turlari bо‘yicha sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini tasdiqlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining, boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yо‘naltiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda о‘tkazish. Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari bu tadbirlarni о‘tkazish shartlarini, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda о‘tkazishni moliyalashtirish shartlarini belgilaydi, bunday tadbirlarni tashkil etish va о‘tkazish uchun mas’ul bо‘ladi, ushbu tadbirlarni tо‘xtatish va bekor qilish, ularni о‘tkazish vaqtini о‘zgartirish va ularning yakunlarini tasdiqlash huquqiga ega.
Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining nomi va ramzlaridan foydalanish;
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini о‘tkazish joyida tovarlar, ishlar va xizmatlar reklamasini joylashtirish;
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida foydalaniladigan sport ekipirovkasi, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqaruvchilarni belgilash;
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini ularning tasviri va (yoki) ovozini har qanday usullar bilan va (yoki) turli texnologiyalar yordamida translyatsiya qilish orqali, shuningdek mazkur translyatsiyani yozib olishni va (yoki) tadbirni fotosuratga hamda videotasvirga tushirishni amalga oshirish orqali yoritish.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining nomlaridan, ular asosida tuzilgan sо‘z birikmalaridan hamda mazkur tadbirlar ramzlaridan uchinchi shaxslarning foydalanishi jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari bilan yozma shaklda tuziladigan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi, bunday nomlardan, ular asosida tuzilgan sо‘z birikmalaridan va mazkur tadbirlar ramzlaridan axborot maqsadida yoxud ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yoritish huquqini olgan uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlarning foydalanish hollari bundan mustasno.
Ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari tomonidan tasdiqlangan, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining tо‘g‘ri kо‘rsatilgan nomlaridan foydalanilishi kerak. Bunda mazkur nomlar reklama hisoblanmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yoritish huquqidan uchinchi shaxslar faqat jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilarining yozma ruxsatlari bilan yoxud uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlarning bunday tadbirlar tashkilotchilaridan sotib olinganligi tо‘g‘risidagi yozma shakldagi kelishuvlar asosida foydalanishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tо‘g‘risidagi qoidalarning, nizomlarning (reglamentlarning) mazmuniga doir alohida sport turlarining xususiyatlarini nazarda tutadigan umumiy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Faqat rasmiy sport musobaqalarigina О‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega bо‘lishi mumkin.
Rasmiy sport musobaqalarini о‘tkazishga ushbu Qonun 26-moddasiga muvofiq tasdiqlangan sport turlarining qoidalari asosidagina yо‘l qо‘yiladi
Xalqaro sport tadbirlari О‘zbekiston Respublikasi hududida faqat bunday tadbirlarni о‘tkazish tо‘g‘risidagi qarorning tegishli sport turlari bо‘yicha sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinishi sharti bilan о‘tkazilishi mumkin.