B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə32/88
tarix26.10.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#66363
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublik-fayllar.org

Konstitutsiyaning 64-moddasida, “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” – deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, majburiyat ikki narsani hal qilishga qaratilgan, birinchisi, farzandlarni boqish, ikkinchisi, tarbiyalash.
Farzandni boqish deganda uni voyaga yetguncha barcha moddiy ehtiyojlarini qondirish, yashashi uchun eng zarur imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Bu – ovqatlantirish, kiyintirish, bolalarni yashash uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash, o‘qitish, o‘qish va bilim olish uchun zarur qurol va jihozlar bilan ta'minlaщdir.


Jahon tajribasida uchramaydigan normalardan biri Konstitutsiyamizning 66-moddasida belgilangan:

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”


Garchi ushbu moddada keltirilgan qoida azaldan xalqimizing qoniga singib ketgan bo’lsa-da, bu masala Asosiy qonunimiz darajasiga olib chiqilganligi muhim ahamiyatga egadir. Farzandni ota-onaga g‘amxo‘rligi bu, eng avvalo ota-onani normal yashashi uchun to‘liq imkoniyat yaratish. Bu turar-joy bilan, oziq-ovqat (yegulik), kiyim-bosh bilan ta'minlash. Ota-onalarni sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularni tibbiy xizmatga muhtojligida tibbiy xizmatdan foydalanishini ta'minlash.
Oila mavzusiga tegishli boshqa masalalar O’zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” da aks etgan.
§3. O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy maqomi
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyati, ular tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarning o’rni juda katta. O’zbekiston Konstitutsiyasining XV bobi ommaviy axborot vositalariga bag’ishlangan.
Ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi eng kuchli, jamiyat taraqqiyotini qanday bo‘lishini belgilovchi vositalardandir.
Ommaviy axborot vositalari orqali, inson ongiga ta'sir qilinadi. U orqali konstitutsiyada belgilangan turli fikrlilik, fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari hisoblangan so‘z erkinligi, erkin fikr bildirish ro‘yobga chiqadi.

Ommaviy axborot vositalari vazifalarini ko‘radigan bo‘lsak, ular:


  • aholida tegishli fikrlarni shakllantiradi;


  • bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma'lumot berib boradi;


  • turli fikrlilik, so‘z, fikr erkinligini ta'minlaydi;


  • turli idoralar, siyosiy institutlar manfaatini ifodalaydi;


  • fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qiladi;


  • demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo‘shadi.



Konstitutsiyamizda Ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomi mustahkamlanganligini, 12-moddada, ya’ni, “Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”, yoki 29-moddada, “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” – kabi normalarda o’z ifodasini topgan.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin