Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari nimalardan iborat?
2. O‘zbekiston Prezidentini saylash tartibi haqida gapirib bering.
3. O‘zbekiston Prezidentining qasamyodi mazmuni nimalarni o`zida aks ettiradi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizligi haqida so`zlab bering.
XV mavzu. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
§ 1. Mahalliy davlat organlari tizimi
Konstitutsiyaga asosan mamlakatimizda mahalliy miqyosda ham ikki turdagi, ya'ni vakillik davlat hokimiyati va ijro hokimiyati organlari mavjud.
Yodda tuting!
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.
|
Konstitutsiyaning 102-moddasida “Vakillik va ijro hokimiyatini tegishliligiga qarab hokimlar boshqaradi” degan qoida mahalliy miqyosda vakillik hokimiyati bilan birga ijro hokimiyatini ham o‘rnatilganligini ko‘rsatadi. Mazkur modda qoidalari yana qaysi ma'muriy hududlarda hokim qanday tartibda tayinlanishi haqida hamda ijro hokimiyatining tizimi haqida xulosa qilish imkoniyatini tug‘diradi.
§ 2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari va vakolatlari
Konstitutsiyaga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari, mustaqil vakillik va ijro hokimiyati organalariga bo‘linsada, ularning vazifalari Konstitutsiyada alohida-alohida ko‘rsatilmagan. Konstitutsiyada (100-modda) mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berilgan vazifalar umumiy tarzda bayon qilingan.
qonuniylikni,huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish,mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z hududida iqtisodiy, ijtimoiy, xo‘jalik masalalarida keng doiradagi masalalarni hal qilish vazifasi yuklangan bo‘lib, bularga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish vazifasi kiradi. Rivojlantirish vazifasi shu majmuaga kiruvchi tarmoqlarni boshqarishni ham nazarda tutadi. Mahalliy kengashlar hokimlarini taqdimiga binoan hududlarni rivojlantirish istiqbollarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Hududni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib qabul qilinadi. O‘tish davridagi davlatning bosh islohotchilik vazifasi, joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |