79
Sun„iy monopoliya
– monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarining shartli nomi. Sun‗iy monopoliyalar kartel,
sindikat, trest,
konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel
– bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan
mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‗ni maxsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi,
sotish narxlari,
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.q. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik birlashma
ishtirokchilarning o‘zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest
–
ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni
ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi.
Konsortsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy
operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Kontsern
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z
ichiga
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir .
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‗sir qiluvchi ijobiy va salbiy
tomoni mavjud. Uning
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon
bo‘ladi:
1. Monopoliya ma‗lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning
tejalishiga olib keladi .
2. Monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi
soha korxonalarda nisabtan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi .
Monopoliyaning
salbiy tomoni
sifatida qo‘yidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi .
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida
monopoliyalarni davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu
Dostları ilə paylaş: