149
imkoniyatlarini yaratish, ichki bozor barqarorligini, aholi daromadlari bilan narx-
navolar darajasidagi tafovutni bosqichma-bosqich mutanosiblashtirishga qaratildi.
Ijtimoiy himoya butun tizimida bozor iqtisodyotiga o'tish sharoitlarida eng
nochor ahvolga tushib qolgan aholi toifalari – nogironlar, pensionerlar, ko'p bolali
va kam ta'minlangan oilalarga samarali yordam ko'rsatish ustuvor yo'nalishga
aylandi. Shu maqsadda aholining ushbu toifalari uchun hayotiy zarur mahsulot va
tovarlarni xarid qilish, kommunal va transport xizmatlarini to'lashda qo'shimcha
imtiyozlar berildi. Ayni paytda, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori sezilarli
darajada oshirildi. Narx-navolar ortishi munosabati bilan ish haqi darajasini
muntazam qayta ko'rib chiqish ham aholini ijtimoiy himoya qilish choralaridan biri
bo'ldi. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish bo'yicha yettita hujjat qabul qilindi.
Ushbu maqsadlar uchun 500,0 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' sarflandi.
1993 yil yanvaridan boshlab mamlakatda barcha xodimlar uchun Yagona tarif
setkasi joriy etildi. Ushbu tadbir mehnatga haq to'lash butun tizimini tartibga solish
bilan bir qatorda turli kasb va hunarga ega xodimlar ish haqining ob'ektiv nisbatini
o'rnatish, ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdori bilan qat'i bog'lab qo'yish
maqsadlariga xizmat qildi. Yagona tarif setkasining joriy etilishi aholiga ijtimoiy
kafolatlarni mustahkamlash, eng avvalo, kafolatli ish haqi darajasini belgilashga
xizmat qildi. Davlat byudjetidagi kamomadga qaramasdan ijtimoiy sohaning eng
muhim tarmoqlari – sog'liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya, madaniyat va
boshqalarning moddiy bazasini mustahkamlash choralari ko'rildi.
Dostları ilə paylaş: