31
qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘l omilli tahlilini o‘tkazib, ya‘ni
tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish xaqi,
tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir
qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi.
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar -
pasaytiruvchi to‘lqin.
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar -
pasaytiruvchi to‘lqin.
SH-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin.Kondratev
siklining
davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika
taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi.
Kondrat‘ev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat
revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi.
uchinchisini - elektr energiyasi, telefon
va radioning kashf etilishi,
to‘rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon
tadqikotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar
rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning
hamma sohalariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot
tarkibiy qismlarining
o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to‘lqini yoki
turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni eьtiborga olish
zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy
faolligiga turli darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz
bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda
inqiroz bilan tugaydigan
yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning
ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish
va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar
pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va
bandlilik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi.
Shunga
ko‘ra,
iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga
Dostları ilə paylaş: