B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o‘rin tutadi. Shaxsiy mulk bu 
fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat 
qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a‘zolarining mehnati 
asosida ko‘‘ayadi va rivoj to‘adi . 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, 
o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va 
ko‘‘ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan 


50 
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga 
asoslanadi . 
Shaxsiy mulk ob‘ektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, trans‘ort 
vositalari, ‗ul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka 
tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, 
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. ―O‘zbekiston 
Res‘ublikasida mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy 
ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa 
tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a‘zolarining mulki 
bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob‘ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
daromad to‘ish yo‘lida ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga 
qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir . 
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), 
xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk 
bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta‘kidlanadi . 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va 
salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
ma‘suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo‘llash foydali 
bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy 
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday 
tan olish uni mutlaqlashtirish, bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan 
ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat 
korxonalari, Koperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish 
orqali vujudga kelishi mumkin . 
O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni 
shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, 
yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli 
qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo‘lga kiritish 
kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res‘ublika qonun 
hujjatlariga (O‘zbekiston Res‘ublikasi ‗rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi 
Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi ob‘ektlarini ular 
joylashgan er uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. 
Mazkur er uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me‘yorlari taalluqli 
bo‘lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin.
Demak, qishloq xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda er ham xususiy 
mulk ob‘ekti bo‘lishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, umumiy 


51 
foydalanishdagi erlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan 
erlar davlatning alohida mulk ob‘ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat 
meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin . 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‗aydo 
bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida 
o‘zlashtirilishini bildiradi . 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkchilikning turli xil 
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni 
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay 
muhit yaratishga qaratilgandir . 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan 
iborat. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb 
atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya 
va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning 
chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», 
«birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi . 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi: 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin