64
(rivojlanishda ustunlikka ega), jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli
tarzda taraqqiy etadi .
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini
ta‘minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo‘lib
bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda kichik biznesning
ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo‘g‘i 1,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2011
yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko‘tarildi. 2013 yilda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin
yangi ish joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki
mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu
sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy
sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 77,9 foiz,
2016 yilda 78,1 foizga oshgan bo‘lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga
yetganini kuzatishimiz mumkin.
Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan
daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich
70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo‘nalishning kelajagi
porloqligini e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning
turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda .
Dostları ilə paylaş: