6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‟nalishlari .
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi
kunda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz
mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz .
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha
amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining ―Biznes yuritish –
2020‖ hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va
dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona
ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi .
Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-
yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali
soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp.
65
―Biznes yuritish – 2020‖ hisobotida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf
etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni roʻyxatga olish borasida
qulayliklar yaratish kerak. Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik
biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini
aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar
bunga befarqlik va masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi.
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib
chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi
bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsada, muammolar joyida
yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur
boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi .
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning
asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional
asoslar yaratildi.Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolat-
lovchi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat
tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik
va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq
bo‘lmagan holda, ya‘ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini
joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan tovarlar
tanqisligini kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo‘qotishlari
mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning
extiyojlarini qondirish sari yo‘naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko‘rsatish
hamda xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko‘rinmoqda.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta
ahamiyatga ega. Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab
chiqargan mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar
O‘zbekistan Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Mulk to‘g‘risida»,
«Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi kabi qonunlari, Prezident
farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjattlar
asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida
sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o‘tishda tobora o‘z o‘rnini
topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi
axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta‘minlovchi butun
tizimni asosiy bog‘lovchilik sifatini o‘zlarida namoyon etmoqdalar.
Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari
66
ishlab chiqarishda, xalq iste‘moli mollarini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
mahsulotlarini
ishlab
chiqarishda
hamda
boshqa
sohalarda
faoliyat
ko‘rsatmoqda.Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida
ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim
hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab
chiqarish bilan uzviy bog‘langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar
sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va
xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy
sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va
o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul
qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va
2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub‘ektlari hisoblanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20
kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish
sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar .
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:
yengil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari
sanoatida – 100 kishidan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa
noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar .
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga
tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli
o‘tishini ta‘minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o‘z
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam turkumli
ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor
67
asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko‘ra kichik
korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. Jamoa mulkiga asoslangan
kichik korxonalar. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan
kichik korxonalar. Ijara korxonalari. Kichik qo‘shma korxonalar.Xususiy
tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati
quyidagilar bilan tavsiflanadi:
xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta‘minlab,
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani
yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta‘minlab bo‘lmaydi;
bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib
olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
- iste‘molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga qodir
bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnolo-giyadan foydalanib
sarflangan sarmoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi .
Kichik
biznes
va
xususiy
tabdirkorlikning
xususiyatlari
(muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish
vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga
ega bo‘lishi imkoniyatlarini yaratadi:
izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o‘zlashtirish, ularni
talabning tez o‘zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik
uyushmalarda ishlab chiqarish;
tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste‘molchilar bilan mustahkam
aloqalar o‘rnatish;
ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni
bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib
borish;
ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish;
boshqarishning oddiyligi, katta ma‘muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va
loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez
o‘zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
- xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liqroq va
samaraliroq foydalanish .
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‘liq barcha narsalar
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy
qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‘rin ajratilib, ularga davlat
tomonidan madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika
68
rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg‘op tarmoqlarida yangi texnologiyalarga
o‘tish sharoitida o‘z o‘rnini topib bormoqda.
Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g‘oyalar va ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta‘minlovchi butun tizimning
ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik
xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma‘qul shakllaridan
hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat
katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g‘oyalarni yirik korxonalarga nisbatan
tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab
chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu esa bizning
sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta‘minlashda, tovarlar va xizmatlar
etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o‘rin
tutadi. Mehnat resurslari tez o‘sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi
o‘ziga xoslik sharoitlarida O‘zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga
keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi:
erkin mehnat resurslarining, yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi,
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishda
bo‘shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘proq jalb
etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘lishi;
aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma‘naviy va kasb
darajasini ko‘tarish;
aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq
iste‘moli mollariga bo‘lgan extiyojlarini to‘laroq qondirish;
milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o‘rta
shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, umuman,
har bir mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish .
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-
likning ijobiy ahamiyatini e‘tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab
yuborish ham to‘g‘ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik
ko‘rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli
sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg‘armalarini tashkil
etish kerak. Bu jamg‘armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar
olish uchun kafil bo‘lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan
subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni
rivojlantirish uchun) manba bo‘lib xizmat qilishlari lozim.
O‘zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining
takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatadigan
69
banklar, fondlar, investiiiyalar va sug‘urta tashkilotlarining faoliyat-
larini rag‘batlantirish yo‘nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi
kabi O‘zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi
texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayot-
gan bo‘lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me‘yori va
qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan xilma-xil xatarli
vaziyatlar katta ta‘sir ko‘rsatadi, kon‘yunkturaning keskin o‘zgarib ketishi,
mijozlarning to‘lovga qodir bo‘lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga
tushirib qo‘yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtalar tizimi yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug‘urtalar barpo etilishi zarur. Bu
tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta bo‘lgan
sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o‘ziniki bo‘lgan yoki qarz olingan
kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur
barqarorlikni yaratishi kerak.Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy
raqobatning rivojlanishini, iste‘mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan
to‘ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo
etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal
qilish lozim:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi
boqimandachilik, iste‘molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug‘ullanish istagini
uyg‘otish;
qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va
fermer xo‘jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon
qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo‘li bilan
vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo‘shimcha ish joylari bilan ta‘minlash;
mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to‘laroq
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;
ko‘rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank,
auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon
fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta‘minlash;
korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy
jihatdan mustaqil bo‘lishlarini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratib
berish;
70
joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga
ko‘ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste‘mol bozorini tovar bilan to‘ldirib,
eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish .
Ma‘lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda
yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar
mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida
band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va shu kabi
yo‘nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik
biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog‘liq turli boshqaruv pog‘onalarida
tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.Bu
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni
hal qilish lozim:
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirish;
hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash;
kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;
kichik biznes
va
xususiy tadbirkorlikni texnologik
jihozlar bilan
ta‘minlashni qo‘llab-quvvatlash;
islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng
ommaga yetkazish .
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati
muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha shu sohadagi cheklovlar
kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
So‘rov o‘tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillash-
tirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni
yaxshilash lozimligi to‘g‘risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning
hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan omillarni tahlil
qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |