7.1-rasm.Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri . A va B iste‘molchi yutug‘ining yo‘qotilishi, A monopol yutug‘i, B va C monopol
yo‘qotishi hisoblanadi.
3. Iqtisodiy turg‟unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday
holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari
hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab
chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika
taraqqiyotini rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi
xatti-harakatkardan qaytaradi .
4. Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‟sib qo‟yilishi. Monopolistlar
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan
korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga
pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, sifati oast tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta
darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z
mahsulotini iste‘mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining
kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin .
Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta‘kidlab kelingan va bir qancha
buyuk iqtisodchilar bu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan. Buning yorqin
misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:- Arnold Xarberger fikriga
ko‘ra bozorda monopoliyaning mavjud bo‘lishi jamiyat boyliklarining bir qismini
82
qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o‘z tasdig‘ini
topgan.