Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik birlashma
ishtirokchilarning o‘zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.Trest –
ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni
ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi.
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z ichiga
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir .
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‗sir qiluvchi ijobiy va salbiy
tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon
bo‘ladi:
1. Monopoliya ma‗lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning
tejalishiga olib keladi .
2. Monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi .
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo‘yidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi .
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi