B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


-rasm.Jamiyatning qaytarib bo‟lmas yo‟qotishlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

7.2-rasm.Jamiyatning qaytarib bo‟lmas yo‟qotishlari . 
Xavri 
Leybenstayn monopoliyada 
samaradorlikni 
oshiruvchi 
stimul 
yo‘qligini ta‘kidlaydi. Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini 
ushlab qolish uchun qo‘shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar 
odatda iste‘molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi 
daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o‘tgan . 
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman 
olganda, monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor 
iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. 
Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish 
haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga 
jiddiy zarar yetadi. Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy 
rivojlanishga ancha jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham 
mumkin.Monmopoliyanig yo‘liga to‘siq sifatida davlatdan boshqa subyekt 
maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar 
iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari 
qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi . 
Davlat 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
yurgizishda 
avvalo, 
qonun 
tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya 
qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi . 
Tarixdan ma‘lumki, antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH 
hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha 
mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba‘zi davlatlar 
bundan mustasno) . 
Monopoliyagaqarshiqonunfirmalardajamiyatuchunxavflibo‘lganmonopolisti
khokimiyatnito‘planishinicheklashgaqaratilgan.Monopolistik hokimiyat yuqorida 
aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta‘sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi 
firma bozor narxiga ko‘proq ta‘sir qila olsa, u ko‘proq monopolistik hokimiyatga 


83 
ega bo‘ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o‘xshash nohush 
holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi . 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham 
qatnashadi .Bu esa yuqorida ta‘kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga 
qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu 
siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda 
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi . 
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda
bozorning "bir maromda" faoliyat ko‘rsatishidagi to‘siqlarni bartaraf etishdan 
jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga 
qarshi siyosati raqobat munosabatlarini takomillashtirishda g‘oyatda muhim 
vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga 
qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o‘rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini 
cheklashi mumkin bo‘lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, 
zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga erkin o‘tishi yo‘lidagi 
g‘ovlarni o‘qotishni taqozo etadi. Yetarli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan 
axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo‘lining 
berkligi va hokazolar ana shunday g‘ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin . 
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo‘yilgan choralar, ko‘pincha, erkin 
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g‘ayritabiiy tuyulmasin, 
ular bozor stixiyasining o‘z- o‘zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari 
harakatining qonuniy natijasi bo‘lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi 
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi
xo‘jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar 
va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam 
beradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin