B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


 Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‟ra



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‟ra
a) tabiiy monopoliya; 
b) legal monopoliya; 
v) sun‗iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo‘lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda 
samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish 
hajmi ko‘payadi, tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlari kamayib 
boradi. 
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopo-
listik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo‘yidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin: 
1) Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, 
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar – 
patentlar orqali amalga oshiriladi. 
2) Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san‗at asarlari, ijro san‗ati 
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilari 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish 
shakli. 
3) Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va 
haqozo. 


79 
Sun„iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarining shartli nomi. Sun‗iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, 
konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, 
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy 
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‗ni maxsulot 
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, 
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.q. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin