9.3. Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati. Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy
nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta
miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan
koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot,
sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy
investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik
boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar
hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha
ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha
iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan
taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat
koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy
faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz
olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim
(neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi
asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida
(yana q. Mikroiktisodiyot). N. A.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‗sishi hamda
aholi faravonligi oshishining kafolatidir.
Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh
maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‗lishi iqtisodiy
o‗sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga
olib keladi. O‗zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori
inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta
raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda
inflyasiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig‗ilib qolgan
muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul
masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta‘min-
lanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz
mumkin. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori