116
ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib
ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari
qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning
muayyan
maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan
subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma
byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi.
Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin.
D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament)
tomonidan tasdiqlanadi.
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy
munosabatlarni ham
ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab
D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha
boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b.
mavqeining
oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning
byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar
(fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish
haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda
soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari
D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil
qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar
darajasini taʼminlash" (qariyalar,
mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar,
tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam
koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%)
eng muhim
oʻrinda turadi. Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b.,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy
byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda
tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining
oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun
kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor
iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan
Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga
olinmoqda.
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da
2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi.
Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan
byudjetdan tashqari
117
jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga
koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki
qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi,
oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli
yoʻnalishlarini
saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston
Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarish-
larida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining
oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi
Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat
byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: