128
-
Ijtimoiy mehnat taqsimoti - bu mehnatni birinchi navbatda ishlab
chiqarish va boshqaruvchi mehnatga bo'lish.
Zamonaviy dunyoda mehnat taqsimoti turli xil kasb va sohalarning xilma-xil
bo'lishiga olib keldi. Ilgari (qadimgi davrlarda) odamlar deyarli o'zlarini zarur
narsalar bilan to'liq ta'minlashga majbur bo'lishgan, bu juda samarasiz bo'lib, bu
hayotning oddiy uslubiga va qulaylikka olib keldi.
Evolyutsiya, ilmiy va texnik
taraqqiyotning deyarli barcha yutuqlari mehnat taqsimotining doimiy ravishda
amalga oshirilishi bilan izohlanishi mumkin. Mehnat natijalari almashinuvi, ya'ni
savdo orqali, mehnat taqsimoti jamiyatda mumkin bo'ladi.
11.3. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti va uning xususiyatlari
Insonning ijtimoiy foydali mehnati moddiy va ma'naviy ne'matlar
yaratar
ekan, bu uning o'zi va oilasi, pirovard natijada jamiyat va davlat manfaatiga xizmat
qiladi. Ana shu milliy boylikni ijtimoiy adolat asosida taqsimlash va qayta
taqsimlash davlatning asosiy funktsiyalaridan biridir.
Yurtimizda azal-azaldan ijtimoiy adolat o'ta qadrlangan, mehnat kishisi e'zozga
loyiqligi uqtirilgan. O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Abu Nasr
Forobiy mukammal jamiyat to'g'risidagi ta'limotida haqiqiy baxtga erishish uchun
harakat qiluvchi, o'zaro
yordam qiluvchi, xalqni birlashtiruvchi shahar – fozil
shahar hisoblanishi ko'rsatiladi. Fozil shaharlarda yashaydigan xalq o'zi istagan
kasb-hunarlarni egallaydi, bunday jamiyatda erkinlik
va teng huquqlik hukm
suradi. Amir Temur saltanatida ijtimoiy himoyaga muhtoj kimsalar – miskinlarga
yengilliklar berishga alohida e'tibor berilgan: ―Agar kasbu hunar va ma'rifat
ahllaridan bo'lsalar, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin.
Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o'z ahvoli va kasbu koriga
qarab ish tutsinlar‖. Mavjud bozor iqtisodiyoti tizimlari va ularning yo'nalishi har
bir davlatning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Ular qatorida quyidagilarni
keltirish mumkin:
• geografik joylashuv;
• tabiiy resurslarning mavjudligi;
• aholi an'analari va odatlari;
• ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi;
• jamiyatning ijtimoiy yo'naltirilishi.
Shunga qaramay, barcha bozor iqtisodiyoti tizimlari uchun umumiy bo'lgan
xususiyatlar ham mavjud. Ular quyidagilardir:
• mulkchilik turli shakllarining mavjudligi;
• tovar va xizmatlarga
erkin narxlarning ustunligi;
• erkin raqobatning rivojlangan tizimi;
• iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muayyan tizimi.
129
Bu ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli uchun ham xosdir.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti (nemischa ―Soziale marktwirtschaft‖) tub
mohiyatini uning asoschisi, Germaniyaning avval iqtisodiyot vaziri, keyin federal
kantsleri bo'lgan
Lyudvig Erxardning fikricha, ushbu modelning inson, uning
manfaatlariga xizmat qilishi tashkil etadi. Uning ta'rifi bo'yicha, ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti siyosatini olib boradigan davlat ―bozor
erkinligi
tamoyilini ijtimoiy mutanosiblik hamda umumiy ish uchun har bir shaxsning
ma'naviy
mas'uliyati
bilan birlashtiradi‖. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat (11.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: