121
boyligi hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi
taʼkidlab kelingan.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaat-
larini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini,
kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu
sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
Demak, ijtimoiy soha oʼz ichiga ijtimoiy jarayonning hamma qirralarini,
ijtimoiy tizimning obʼektiv shart-sharoitlari va subʼektiv omillarni ijtimoiy va
shaxsiy kizikishlar tuzilmasi hamda ularning murakkab dialektik aloqasini oʼz
ichiga oladi. Ijtimoiy siyosat-jamiyatga siyosiy raxbarlik qilishning shunday
yunalishidirki, u oʼz ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni
oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar,
kollektiv va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi.
Jamiyatni yangilash vazifasi uzoq muddatli,chuqur uylab kurilgan yaxlit ijtimoiy
siyosatga muvofiq kelishi yaʼni ijtimoiy sohaning hamma tomonlarini bir butun
holda oʼz ichiga olgan va xalq ommasining extiejini toʼla kondirish, ularning
faolligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak.
Dostları ilə paylaş: