166
13.2. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo‟llari.
Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita
aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali
ichki bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy
barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga
solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday
tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi.
Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining
tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki
eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan
nisbatan mustakil yo`nalishidir.
Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-
tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina
iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam
ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush
darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki
savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali
foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi
mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai
nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi.
Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning
ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman
importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki
ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning
ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi.
Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif
usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash,
litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport
bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki
bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi.
eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining
oldini olish maksadida belgilanadi
Dostları ilə paylaş: