B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar 
bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va 
mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi 
mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida 
savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.
Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng 
kad. shaklidir. Kds. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa 


167 
mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. 
Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan 
Buyuk Ipak puli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston 
hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib 
kelgan edi. 
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. 
Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida 
sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy 
resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da 
muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib 
ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa 
mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab 
chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab 
chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan 
sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va 
xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar. 
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan 
savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi 
savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga 
nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq 
xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. 
Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, 
Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika 
Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika 
qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish 
tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin 
olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari 
bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha 
moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va 
texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli 
tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, 
qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Xalkaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif, 
ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi. 
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus 
bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel 


168 
neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga 
nisbatan ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 
40%. Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni 
biz kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz. 
Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi 
S1, ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1) 
import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida baxolar 
darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi. 
Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy 
bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy 
kilinishi natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi. Natijada: 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin