B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

aytiladi. 
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to‘lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam 
bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovar ishlab 
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan 
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya‘ni narx darajasining asossiz 
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, 
bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin 


32 
beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham 
keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari 
ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. 
Inqirozlarning asosiy sababi -takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va 
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish 
o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy 
tizimning har xil nushalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan 
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga 
chiqish imkoniyatini saqlaydi. 
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning 
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik 
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan 
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, 
ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga ajratish mumkin. 
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni 
umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. 
Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya‘ni 
ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. 
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit 
sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi bo‘lib, 
bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog‘ozlar kursi, bank foizi 
tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.Valyuta 
inqirozi - bu milliy valyuta obro‘sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining 
tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati hisoblanadi. Birja inqirozi - 
birjada 
qimmatli 
kog‘ozlar 
kursining 
tezda 
tushib 
ketishi, ularni 
emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, 
tanglik holati. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini 
qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi 
inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l 
qo‘ymaydi.Tarmoqlar inqirozi - milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab, 
ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi 
tufayli yuz beruvchi inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar 
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi 
inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar 


33 
arafasidagi harid qilish, iste‘molchilik tovarlarining faollik sur‘atida, asosan 
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, 
avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga 
duchor bo‘ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni 
uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning 
ortishi yoki pasayishiga bog‘liq . Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim 
mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish 
bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy 
faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga 
qaramasdan ko‘pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita 
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi. 
Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. 
Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) Qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda 
katta zahiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va 
foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lgan, 
ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi. 
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lganligi sababli, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar 
sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho‘zilib boradi. Birinchi 
agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar 
o‘rtasigacha davom etgan edi. 
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib 
ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va 
ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 
1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. 
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar:
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; 
b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‘sib borishi. 
Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko‘payishi qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; 
v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab 
chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini 
topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qishartira 
olmaydilar. Tirikchiliklarini o‘tkazish va ijara xaqini to‘lash uchun ishlab 
chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi. 


34 
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda 
yuz berishiga 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin