B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‟lgan mulk



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‟lgan mulk 
ob‟ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:1) xususiy 
mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 2) davlat mablag‘lari hisobidan 
korxonalar kurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni 
amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa tegishli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror 
ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport 
vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish 
mumkin.O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika 
mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin 
zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. 
Ma‘muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati 
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy 


37 
fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq 
ta‘limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilarning mol-mulki bo‘ladi. 
Jamoa mulki –muayyan maqsad yo‟lida jamoaga birlashgan kishilar 
tomonidan moddiy va ma‟naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‟zlashtirishni 
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab 
korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. 
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladi.Jamoa 
mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar 
jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy 
tashkilotlarning mulki kiradi. Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‟lib, 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin