Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar
(fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish
haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda
soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari
D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil
qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar
darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar,
tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam
koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim
oʻrinda turadi.
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., Qoraqalpogʻiston
Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-
radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi
3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining
oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun
kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor
iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan
Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga
olinmoqda.
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da
2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi.
Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari
jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga
koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki
qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi,
oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli
yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston
Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarish-
larida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining
oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi
Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat
byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: