Babayeva d. R


  Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy
o‘yinlarning turlari.
Ta’limiy o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh
xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. 
Didak­
tik o‘yinlaming muhim belgisi undagi qoidalaming mavjudligidir.
0 ‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uz- 
viy aloqa mavjud. О ‘yin niyati о‘yin harakatlarining tabiatini belgi- 
laydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va 
o ‘yindagi harakatlami amalga oshirishga yordam beradi.
210


Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar 
berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, 
bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari 
takomillashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya etish, unga amal qilish o‘yin 
mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalanila- 
di. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi 
kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari 
vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni 
va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga 
amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralgandajavob berish.
3. 0 ‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4. 0 ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. 0 ‘yin qoidasini bajarish.
6. 0 ‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalaming yosh, individual xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, 
juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp 
esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. 
Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim 
ahamiyatga ega.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin