KIRISH
Наг bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy
yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oli
shi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu
fazilatlami mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan
yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan,
fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va maz-
mun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish awalo o‘qituvchi va
tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli
vazifani yuklaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish
yoMidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat
barpo etishga bel bog‘lagan, o ‘sib kelayotgan yosh avlodning
barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ij
timoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod
tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xal-
qimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi
obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib,
qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»' - deb alo
hida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jami-
yatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash
ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo
davlatlari orasida 0 ‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib
umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir
konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga
tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini
topishda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun
va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: