Babayeva d. R


 **Turkiston ro‘znomasi 2017-yil 1-fevral 3-bet



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

6 **Turkiston ro‘znomasi 2017-yil 1-fevral 3-bet.
10


nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim si- 
fatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakl- 
lanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika 
fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.
Bola nutqini rivojlantirish, eng aw alo, til qobilyatini shakllan- 
tirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demak- 
dir (A.A.Leont’ev).
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari ham­
da ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash im- 
konini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini 
tadqiq etish 0 ‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asming 50-yillarida 
boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi 
A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi 
masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqot- 
lari (1958—1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek 
bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy 
mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi 
ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bo­
lalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tar­
biyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan 
(E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta 
yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, 
o'yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda 
bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi 
0 ‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob- 
yekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, 
D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmu- 
hammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishmi alohida 
ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik
11


ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv 
o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va 
ijtimoiy o‘zaro hamkorlik - о‘zaro bog‘liqjarayonlardir, nutqni rivoj­
lantirish esa - ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan 
fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda 
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayon- 
da nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson 
madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning 
va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) 
ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. 
Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi 
uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sha- 
roitlar va omillami bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivoj­
lanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan 
sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga 
to‘sqinlik qiluvchi kuchlami aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni 
ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, Ye.M.Strunina va 
boshqalaming tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib 
olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o ‘zlashtirishlarida 
ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z 
boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birli- 
gi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabat­
lar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash 
zarurligini isbotlab berishgan.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha 
yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi payt- 
da nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlami o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol 
o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchi- 
lari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya
12


va boshqalar bolalaming og‘zaki nutqi va hikoya qilishni 
o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik 
nutqning o‘zaro bog‘liqligini ehuqur tushunish asosiga quriladigan 
ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar 
hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish man- 
basi: predmetlami tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, 
suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol kelti­
rish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqot- 
lar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakl­
lantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, 
A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi 
xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik 
tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odat- 
dagi grammatik xatoliklami o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi 
navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tibomi qa- 
ratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, Ye.LRadina, 
G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.LGening, N.A.German va boshq.) 
0
‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish 
masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktab­
gacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va aha- 
miyatli hisoblanadi.
Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoli­
yat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi 
ishlaming samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, 
A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).
Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy 
harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan mulo­
qot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, 
A.A.Leontev, l.A.Zimnyaya).
Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uza- 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin