va yetarlicha yoritib berilgan. Har
ikkala model ham shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab beril
gan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari
hamda pedagog va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib
berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, mil-
latining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik
- faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda ehuqur
ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shun
day xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi. Bolalaming ma’naviy
jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiya
sida umumxalq ishidir.
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham
beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kela-
jakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini
hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muas
sasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida
bilimlami berish shakli mashg4ulotdir. Mashg1 ulotlar jarayonida bo
laning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqal-
lanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda
undagi psixologik va
intellektual jihatlari rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo'yicha bo
lalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi
«Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki,
nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z
boyligini oshirish, balki uning
muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu
jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo4ib
hisoblanadi.
Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini ri
vojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda.
Bu talablarga
javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlami taqozo
etadi.
Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida mak
tabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan
qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o'rtasida ziddiyatlar
namoyon bo‘lmoqda.
7
Yuqoridagi
fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha
katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari
hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch boMadigan nazariy, meto
dik usullami yoritishga qaror qildik.