Stol-bosma о ‘yinlari
bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasav-
vurlarini aniqlash,
bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sin-
tez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin
usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint
kiradi.
O g‘zaki so'zli о ‘yinlari
katta maktabgacha yoshdagi bolalar
bilan o ‘tkaziladi.
Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob
topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinIar bolaning aqliy rivoj-
lanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin
turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli oyinlar
asosini
bolaning jismoniy rivojla-
nishiga qarat-lgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,
yugurish, sakrash, chirmashib chiqish,
uloqtirish, emaklash kabi
harakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar
kelib chio‘isl iga ko‘ra: a) xalq milliy o‘yinlari; b) mualliflik o‘yin
turlariga bo‘l nadi.
Har ikkalf о‘yin turida ham asosiy mezon о‘yin qoidasi bo‘lib
hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi,
ifodaliligi,
bolalarda tezkorlik, epchillik, mardlik kabi olijanob fazilatlami tar-
biyalab boradi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynashga
mos bo‘lib, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini
shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda bolalarga
rolni to‘g ‘ri taqsimlash, o‘yin jarayonini
kuzatib borish, unga rah-
barlik qilish, o ‘z vaqtida yaxshi harakatlarni rag‘batlantirish o‘yin
nufuzini oshiradi. 0 ‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat,
ijobiy his-
tuyg‘ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin syujeti ochiq xarakterga ega
bo‘ladi. Masalan, «To‘pni quvla!», «To‘pni ushlab ol!». Katta yosh
dagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil etish
murakkablashadi. Qoidali-harakatli o‘yinlar avval jismoniy tarbiya
mashg‘ulotida o‘rganiladi. So‘ngra boshqa
jarayonlarda takroran
o‘ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturida turli yosh guruhlari bo‘yicha
o ‘tkaziladigan harakatli milliy o‘yinlar turkumlari kiritilgan.
212