Babayeva d. R


 Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlaming quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar 
bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari.
Buyum va о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynaladigan о ‘yinlar
bolaning ilk yo- 
shidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin 
turi hisoblanadi. Bunda bolalaming tasawurlari, diqqatlari o‘yin aso- 
sini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ulaming 
sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. 
0 ‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi 
ko‘rinishiga ega boiishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish im- 
konini berishi lozim. Bunday о‘yinlar bolalaming narsalaming shakli, 
hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
211


Stol-bosma о ‘yinlari
bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasav- 
vurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sin- 
tez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin 
usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint 
kiradi.
O g‘zaki so'zli о ‘yinlari
katta maktabgacha yoshdagi bolalar 
bilan o ‘tkaziladi. Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob 
topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinIar bolaning aqliy rivoj- 
lanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin 
turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli oyinlar
asosini bolaning jismoniy rivojla- 
nishiga qarat-lgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, 
yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi 
harakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar 
kelib chio‘isl iga ko‘ra: a) xalq milliy o‘yinlari; b) mualliflik o‘yin 
turlariga bo‘l nadi.
Har ikkalf о‘yin turida ham asosiy mezon о‘yin qoidasi bo‘lib 
hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, 
bolalarda tezkorlik, epchillik, mardlik kabi olijanob fazilatlami tar- 
biyalab boradi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynashga 
mos bo‘lib, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini 
shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda bolalarga 
rolni to‘g ‘ri taqsimlash, o‘yin jarayonini kuzatib borish, unga rah- 
barlik qilish, o ‘z vaqtida yaxshi harakatlarni rag‘batlantirish o‘yin 
nufuzini oshiradi. 0 ‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his- 
tuyg‘ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin syujeti ochiq xarakterga ega 
bo‘ladi. Masalan, «To‘pni quvla!», «To‘pni ushlab ol!». Katta yosh­
dagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil etish 
murakkablashadi. Qoidali-harakatli o‘yinlar avval jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotida o‘rganiladi. So‘ngra boshqa jarayonlarda takroran 
o‘ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturida turli yosh guruhlari bo‘yicha 
o ‘tkaziladigan harakatli milliy o‘yinlar turkumlari kiritilgan.
212



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin