Babayeva d. R


bering. 3. Bolalar о ‘yinchoqlariga qo'yiladigan asosiy talablar nima-



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

bering.
3. Bolalar о ‘yinchoqlariga qo'yiladigan asosiy talablar nima-
lardan iborat?
4. Maktabgacha ta ’lim tizimida о ‘yin texnologiyasining maqsad
va vazifalari nitnalardan iborat?
5. Interfaol о ‘yinlaming о ‘ziga xos tomonlarini ayting?
6. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida ta ’limiy oyinlar va
ulaming ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
7. 
Lug'atni boyiiish uchun yordam beradigan ta ’limiy
о ‘yinlarning turlarini bilasizmi?
8. Ко ‘rgazmali maieriallar bilan о ‘ynaladigan ta ’limiy о ‘yinlarni
aytib bering.
9. Qoidali-harakatli o'yinlar asosini qanday harakatlar tizimi
egallaydi?
215


2-BO‘LIM
l-§. Ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirish
jarayonini tashkil etish
Reja:
1. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida maktabga­
cha ta ’lim muassasasining roli.
2. Maktabgacha ta ’lim muassasasida nutqni rivojlantirishga
doir ishlar tizimi.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy, nutqiy mahorat, ko'rgazmali
taqqoslash, intellektual meros, umumbashariy qadriyatlar, demo-
grafik xususiyat, e ’tirof pedagogikasi.
!
1. 
Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shak<11anishida mak­
tabgacha ta’lim muassasasining roli. 
Maktabgacha ta’lim muas­
sasalarida bolalar nutqini rivojlantirish ishlara tegishli dastur 
asosida amalga oshiriladi, jnazkur dasturda atref-olam haqidagi 
bilimlar doirasi, tegishli lug‘at hajmi hamda bo alarning har bir 
yosh bosqichida o ‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan m-itqiy mahorat va 
ko‘nikmalari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, u muayyan shaxs sifatla- 
rini tarbiyalashni ko‘zda tutadi (masalan, dialo.gik nutqni rivoj­
lantirishda dastur kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik kabi 
sifatlami tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi). Nutqni rivojlanti­
rish dasturi ham, umuman olganda, xuddi «Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida tarbiyalash va ta’lim berish dasturi» kabi ilmiy 
asoslarga qurilgan. U butun mazmuni bilan maktabgacha ta’lim 
nazariyasini amalga oshirishga, ya’ni bola shaxsini har tomon- 
lama rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Dastur asosini psixologiya 
va turdosh fanlarning bolaning og‘zaki nutqni egallab olganligi 
hamda bilish faoliyatining o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar 
tashkil etadi, bu esa turli yosh bosqichlarida bolalarga nisbatan ta- 
labning hajmi va izchilligini belgilaydi. Shuningdek, dastur bola­
ning rivojlanishida faoliyatning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi
216


haqidagi muhim pedagogik qoidani hisobga olgan holda tuzilgan, 
shuning uchun nutqni rivojlantirish dasturi turli faoliyat turlari 
(o‘yinlar, mashg‘ulotlar, mehnat va boshq.) bilan taqqoslangan.
Dastumi o‘rganishni nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalarini 
eslatib o‘tish bilan boshlash mumkin. So‘ngra bitta guruh misolida 
ushbu asosiy vazifalaming mazmuni qandayligini va u dastum- 
ing qaysi bo‘limlarida uclirashini ko‘rsatish zarur. Yuqorida qayd 
etilgan jamoaviy muhokama singari tarbiyachiga boshqa yosh gu- 
ruhlari dasturlarining matnLarini o‘rganib chiqish taklif etiladi. Nav- 
batdagi mashg‘ulotda dasturiy materialni alohida vazifalar bo‘yicha 
qiyosiy tahlil qilish o‘tkaziladi, materialni yosh guruhlarida izchil 
ravishda murakkablashtirib borish qayd etiladi. Maktabgacha tar- 
biya sohasi xodimiga dastumi yakka tartibda va ayni paytda jamoa 
bo‘lib o‘rganishga to‘g‘ri celadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi 
mudirasi yoki katta tarbiyachi har yili sentabr oyida tarbiyachilar- 
ning o‘z yosh guruhlari ucl un dastuming tegishli talablarini ajratib 
olishlari, ulami o'zlarining yosh guruhlariga moijallangan dasturiy 
talablar bilan ko‘rgazmali t qqoslash, aralash guruhlar dasturi bilan 
ko‘rgazmali taqqoslash uchsin nutqni rivojlantirish dasturini tarbiya- 
chilar ishtirokida jamoaviy iiuhokama qilishni o‘tkazishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi iolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Dav- 
lat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga 
tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa -
«Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik» quyidagi maxsus vazi- 
falardan iborat:
- nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash,
- lug‘atini boyitish,
- mustahkamlash va faollashtirish,
- nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish,
- og‘zaki nutqni shakllantirish,
- ravon nutqni rivojlantirish,
- savodga tayyorlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat 
talablarining tayyorlov guruhdagi nutq, o‘qish va savodga tayyorgar­
lik yo‘nalishining asosiy vazifalari: bolaning til to‘g‘risidagi tasav-
217


vur va bilimlarga ega (antonim va sinonimlami topa oladi), o‘qish 
va yozish malakalarini shakllantirishdan iborat. Bola o‘z ona tilining 
fonetik grammatik tuzilishini biladi, so‘zlardagi birinchi tovush­
lami bo‘g‘inlab o‘qiydi, alifbeni biladi deb belgilangan. Bu vazi- 
falami bajarish uchun tayyorlov guruhida yil davomida jami 72 ta 
mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shulardan 36 tasi bolalaming og‘zaki nutqi­
ni o‘stirish bo'yicha, 36 tasi savodga tayyorlash bo'yicha bo'ladi. 
Mashg‘ulotlaming davomiyligi 25-30 daqiqa.
Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda 
asosan, bolalaming og‘zaki nutqini o‘stirish bilan birga nutqni gram­
matik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga:
- nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni 
davom ettirish;
- sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkum- 
laridan foydalanishga o ‘rgatish, bolalami gapirganda sonni 
otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri >shlatish malakalarini 
takomillashtirish;
- tovush va so‘zlami to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga;
- mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriiadi. Og‘zaki nutqini 
o'stirishda mustaqil hikoya qilishga o ‘rgatish katta o‘rin egal- 
laydi: bolalalami o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga 
qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar 
tuzishga o ‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari 
mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomon­
dan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadri- 
yatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika 
va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning 
mukammal tizimini shakllantirish 0 ‘zbekiston taraqqiyotining 
muhim shartidir.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlamakamoltopib 
shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, 
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim maqsa­
di va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya 
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
218


Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilami amalga 
oshirish lozim bo‘ladi:
• malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda 
tayyorlash;
• maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik us- 
lublarini izlash va joriy etish;
• molalami oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik 
va uslubiy jihatdan ta’minlash;
• mamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, 
o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ulami ishlab chiqarish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tari- 
xiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy- 
axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun 
turli variantlardagi dasturlami tanlab olish, maktabgacha tar- 
b yaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya 
xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
• 
rraktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari 
tarmog‘ini qo‘llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini 
ishlab chiqish kabi vazifalami maqsad qilib qo‘yadi.
Shunmgdek, 0 ‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim 
to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u berilib, 
maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisob- 
lanadi hamda O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil eti­
ladi, deyilgan.
Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda 
davlat va nodavlat (davlatga qarashli bo‘lmagan) maktabgacha ta’lim 
muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb bel- 
gilanadi:
• bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va 
umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalash;
• bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
219


• 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, 
o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ulami muntazam 
ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;
• 
bolalaming tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil 
va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• 
bolalaming jismoniy va mhiy sog‘ligini ta’minlash kabilami 
o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yosh­
dagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 
1 yoshdan 2 yoshgacha - 10 ta.
• 
2 yoshdan 3 yoshgacha - 15 ta.
• 
3 yoshdan 6-7 yoshgacha - 20 ta.
• 
Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati hududlarining de- 
mografik, ij'timoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan 
holda tashkil etiladi, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish 
va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
• 
bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xo- 
nadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham 
filial sifatida);
• bog‘cha maktab muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilaming bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda 
rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa 
yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilaming jismoniy va mhiy rivojlanishidagi 
kamchiliklami bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshi- 
ruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbir- 
lari hamda muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan 
sog‘lomlashtimvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi.
220


Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tan- 
lanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tar- 
tibi, ulami bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan 
chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- 
gilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo‘lgan bo­
lalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruhlar 
tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Ni- 
zomda ko‘rsatib o‘tilgan.
Har bir sohada bo'lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham 
maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tay- 
yorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega boigan shaxslar 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan peda­
gogik kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ulaming mak kasini oshi- 
rish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’ ainlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlaoing o‘quv 
pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasa turiga- davlat ta- 
lablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tom midan bel­
gilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mutaxassislar 
tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, di- 
daktik materiallami joriy etish uchun shart-sharoitlami ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, de- 
mokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof 
pedagogikasi asosida quriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya konsepsiya- 
sida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim 
muassasalari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshi- 
rishga qadar aniqlana boradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bo­
laning o'sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asos- 
lanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy 
tarbiyani birinchi o‘ringa chiqarish, gramatikani bu qadar majburiy 
o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan maqsad asosida vazifa 
va usullar belgilanadi hamda rivojlantiriladi.
221



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin