tishuvlardan foydalangan ma’qul. 9 oylikdan boshlab bolaga tanish
bo'lgan, u «o‘rgangan» vaziyatlarga tayangan holda nutqiy taqlid
va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 12 oylikdan boshlab
kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari (bekinmachoq
va h.) asosida nutqiy muloqotga kirishishga, jaranglayotgan matnga
mos ravishda harakatlar bajarishga undash lozim.
Bola hayotining
ikkinchi yili.
Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va
uning
lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga
oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim
oddiy topshiriqlami (o‘yinchoqni, etiklami, paltoni keltirish;
qizil
o‘yinchoqlarini ko‘rsatish) bajarishga undash, buyumlar, kiyim-
boshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalaming nomlari hamda
ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi
savollarga javob
berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash-
ning mazmuni va metodlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalami jismoniy, aqliy
va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug‘ma
layoqati,
qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va
umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyor-
lashdan iborat.
Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulq-atvor-
ning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj -
muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni
qondimvchi manba hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg‘ular va odatlami
tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining
murakkabroq xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mam-
lakatning ijtimoiy hayot hodisalari hadidagi
tasavvurlami va ularga
ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi.
Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan
insonparvarlik asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda asta-
sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabat-
lari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos boiib xizmat qiladi.
Awalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a’zolari
o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.
225
0 ‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga muhabbat, mamlakatning si-
yosiy va mehnat hayotida ishtirok etish - bulaming barchasi zarur
uslubni ta’minlashi lozim. Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoala-
rining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu
uslub esa bolalar bog‘chasining ota-onalar
bilan muntazam ish olib
borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi.
Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming yuksak
darajasi - muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmu
ni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi
va u eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish jarayonini ko‘zda tuti-
shi kerak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar o‘z tengdoshlariga asosan
tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam
ko‘rsatsalar, 5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni o‘z xohishla-
riga ,ko‘ra ko‘rsatishlari lozim.
Oilagar.xos bo‘lgan muhabbat, o‘zaro e’tibor, g‘amxo‘rlik muhiti
bola his-tjiyg‘usini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Oilada qaror
topdriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab
to‘t,‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi.
«Salomatlik va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi -
bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga
munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi
- ota-onalarga bola shaxsini shakllantirishda ulaming alohida rol
o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalami
egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalar
ning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning о‘mi ham kat-
tadir. Mahalla, aw alo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir.
Bu yerda kuchli
ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori
o ‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartib-
ga solib turadi. Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli
xil bo‘lgan va oilalami tashkil qilgan odamlardan iborat. Mana shu
oilalaming boshlarini biriktirish, ulami ma’naviy va moddiy-jis-
moniy jihatdan mustahkamlash, yoshlami
tarbiyalash kabi muhim
vazifalar ham mahallada amalga oshadi. Oilalarni bir jamoaga, ij-
226
timoiy guruhga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda
ahillik, hamjihatlik, hamkorlik,
hamdardlik, his-tuyg‘ularini shakl-
lantiradi, kamol toptiradi.
Har bir fuqaroning hayotida «Shaxs-oila-mahalla» uchligi katta
ahamiyat kasb etadi. Bu sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos
tizimidir va eng muhimi,
Dostları ilə paylaş: