Babayeva d. R


Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
1. 
Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, il- 
miy dunyoqarashni shakllantirish.
2. 
Bilimga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok, 
xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivoj­
lantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
228


3. 
Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlami aqliy mehnat madani­
yatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchan- 
ligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bi­
lishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. 
Aqliy malaka va ko‘nikmalami rivojlantirish, ya’ni eng oddiy 
faoliyat usullari predmetlami tekshirish ulardagi muhim va muhim 
bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqos- 
lash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish 
vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining 
tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishiga 
yordam beradi.
Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmay, ulami 
olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalami hal etishga foydala- 
nishga o‘rgatish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy 
maqsad va vazifalari bolalami jismoniy va aqliy jihatdan rivojlan­
tirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojla- 
rini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik 
g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni ta’minlash, ulami 
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat ta- 
lablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabga­
cha yoshdagi bolalami rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad 
va vazifalaraing bajarilishiga erishish «Bolajon» tayanch dasturi aso­
sida amalga oshiriladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. 
Shu bois «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyor- 
lash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini 
ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan kadrlami tayyorlash borasidagi 
eng zamr tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog'lom avlodni tarbi­
yalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Hech kimga sir emaski, respublikada bolalami maktabgacha 
ta’lim-tarbiya muassasalarigajalb etish 17 foizni tashkil qiladi. Bun­
day sharoitda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan 
83 foiz bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan 17 foiz bolaning rivojlanish 
darajasi o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelmoqda. Bunday no-
229


mutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan 
boshlab ulaming rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, 
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengillashga 
aloqida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yosh- 
da bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini 
qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbi- 
yasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha 
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida 
tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi 
kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3 
milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari 
asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya ja- 
rayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan 
aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib 
belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tiziminmg ilk turi - maktabgacha 
ta’limga o‘ziga xos yondashuvni talab etar edi.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda 
ota-ona zimmasiga uning sog‘lom, aqlli, icush xulqli qilib tarbiyalash 
vazifasi qo‘yildi.
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoiiyatini tarkibiy qismlarga 
bo‘lib, bola bilimlami chuqur egallab olishiga yordam beradi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin