4-§. Suhbat turlari va uning mazmuni
Reja:
1. Suhbat turlari.
2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va о ‘tkazishi.
3. Suhbatga asosiy о ‘rgatish usuli orqali savollar berish.
Tayanch tushunchalar: axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiy
tasawur, didaktik maqsad, old ко ‘makchi, chet та ’no, sintaktik qa-
tor, kirish suhbati.
1.
Suhbat turlari. Suhbat
- ta’limning dialogik metodi bo‘lib,
savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi.
Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va
tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bo-
lalaming
mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi.
Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va ma-
lakalami paydo ciladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish,
ulami takrorlanuslik, bildirilgan fikrlami
samimiy baholash va
boshqalar. Suhbat fikming aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z
xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish,
aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiya
chi bolalarda his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-
hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.
Dostları ilə paylaş: