Babayeva d. R


Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav-



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mazmuniga
ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav-
zudagi va bilishga doir.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta 
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat- 
lami esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar
bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tar­
biyalash, axloqiy tasawur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsa- 
dini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlami o‘tkazish 
mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», 
«Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy 
mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ко‘rgazmali material lami 
ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
235


Bilishga doir suhbatlar
mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida 
aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush 
voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas 
bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga
ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi 
turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan 
faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida 
kirish suhbatidan
foy- 
dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani 
aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu­
tilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga 
doir vazifalami taqdim etadi. 
Umumlashtiruvchi suhbat
bolalar­
ning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri- 
tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida 
o‘tkaziladi.
2. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi.
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z 
ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga 
sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi 
sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de- 
vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old 
ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar 
(onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz 
yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old 
ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor- 
di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: 
bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- 
tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida 
qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami 
ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap- 
lar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz 
oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar -
«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon 
monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
236


Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy- 
lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal- 
lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda 
va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga 
tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl- 
lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar 
o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami tu- 
zish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xur- 
sand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki 
ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir 
. bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifo- 
dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- 
birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.

Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun did- k- 
tik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin.
I Aynan bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ish ar
i yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shad- 
lantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. 
!

Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgat sh 
< ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nali; hi 
bo‘lishi mumkin.

Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katia- 
lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan 
foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu- 
rayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birik- 
masini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z 
birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi 
bola?» - «o‘qiyotgan bola».
Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llami olish va ular- 
dan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bo­
lalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ular­
ning ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zamr bo‘lganda 
ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.
237



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin