Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

xirmon, paxtakor,
paxtazor, paxta terish mashinasi, zangori kema, bunker, j o ‘yak,
241


egat
kabi scfzlarni bilib oladilar. Qishloq maktabgacha ta’lim muas- 
sasalaridagi bolalar esa suratlar yordamida shahar hayoti bilan tani- 
shadilar va 
bekat, shohko‘cha, chorraha, haykal, yodgorliklar, sve-
tofor
kabi so‘zlar va ularning ma’nosini bilib oladilar. Shuningdek, 
suratlardan bolalami sayohatda, sayrda kuzatganlari yuzasidan olgan 
bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. 
Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va 
hodisalami suratda ko‘rib, tez bilib oladilar va tushunadilar, bevosita 
kuzatish vaqtida aniqlay olmagan, ko‘rish imkoni bo‘lmagan belgi- 
lami, qismlami bilib oladilar. Masalan, uy hayvonlarini, qushlami, 
transport vositalarini va boshqalami kuzatganda ko‘p narsalar bolalar 
uchun noaniq bo‘ladi. Aytaylik, bolalar maqsadli sayrga chiqqanla- 
rida tovuqlami kuzatadilar. Mana shu kuzatishda bolalar xo‘rozning 
baqbaqasini, tojini yoki oyoqlaridagi panjalarini, panjalaridagi tir- 
noqlarini sezmay qolishlari mumkin. Suratda esa bu aniq tasvirlan- 
gan bo‘lib, bolalar xo‘rozning tashqi tuzilishini tasvirlashganda bu 
ularning diqqat markazida turadi va 
pat, toj, baqbaqa, panjalari
kabi 
so‘zlar bilar. lug‘atlari yanada boyiydi. Suratda tasvirlangan narsani 
to‘g‘ri tushunish fikrlash mas’uli bo‘lib hisoblanadi. Bolalar surat yu­
zasidan yuri :gan fikrlarini, hosil qilgan tushunchalarini, taassurotlari- 
n tso ‘z vositisida boshqalarga bildiradilar. Suratda tasvirlangan narsa 
va buyumlarni, hodisalaming nomlarini, ularning belgilarini, sifat va 
xossalarini >o‘z bilan ifodalaydilar, sayr va sayohatda ko‘rgan narsa- 
lari bilan taqqoslaydilar, suratdagi tasvirlar haqida gapirib beradilar.
«Suratlar ko‘rsatish va ularning mazmunini gapirib berish tar­
biyachining bolalarga yaqinlashuvida eng yaxshi vositadir», - deb 
ko‘rgazmali ishni yuqori baholaydi K.D.Ushinskiy. Suratlami 
ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotlari har oyda bir 
marta rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun 
mashg‘ulotlarda foydalaniladigan suratlar maxsus nashr etiladi. 
Y.G.Baturinaning «Biz o‘ynayapmiz», «Avtobusda ketyapmiz», «Uy 
quryapmiz» « 0 ‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqar- 
yapmiz», «Chana uchyapmiz» suratlari, O.I.Solovyovaning «Bizning 
Tanya», «Tanyaning kabutarlari», «Kimning qayiqchasi?», «Yozda» 
suratlari, S.A. Veretennikovaning «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari
242


bilan», «Quyonlar», «Echki bolalari bilan», «Ot toychog‘i bilan», 
«Qo‘ylar qo‘zichoqlari bilan», «Tovuqlar» suratlari shular jumlasiga 
kiradi. Ushbu suratlar bo‘yicha mashg‘ulotda bolalar 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin