likopcha, kosa,
chinni lagan, qoshiqcha, yeyapti, artyapti, ushlab turibdi, salfetka
so‘zlarini bilib olishadi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ar-
cha bayrami», «Bolalar tovuq, jo ‘jalami boqishyapti», «Tipratikan-
lar», «Quyonlar», «Olmaxonlar», «Tulki», «Bo‘rilar», «Oq ayiqlar»,
«Arslonlar», «Yo‘lbarslar», «Fillar», «Maymunlar» nomli rasmlari,
L.A. Penevskaya, Y.I. Radinaning «Buvimnikiga - mehmonga», «Shar
uchdi», «8 Mart bayramiga onamga sovg‘a», «Maktabda», «Ishga»,
«Shahar ko‘chasi», «Anhorda», «Aziz mehmonlar» nomli suratlari,
bulardan tashqari, qishloq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun
F.F.Sovetkinva V.I.Chistyakovning «Bolalar bog‘chasi», «Oila», «Hov-
li>>, «Qishloq ko‘chasi», «Anhorga» nomli suratlari, O.I.Solovyova va
О A.Frolovaning «Qadrdon dalalar», «Qishloqda bolalar bog‘chasi»,
«Qishloq otxonasida», «Qishloq bog'ida» va boshqa suratlar.
Bolalar o‘z lug‘atlarini transport turlarini tasvirlovchi suratlami
ko‘rib chiqish («Hayajonli uchrashuv» , «Buvimnikiga-mehmonga»,
«vokzalda» va boshqalar) va u haqdagi suhbat mashg‘ulotlari orqali
bcyitib boradilar. Ular bilan tanishish orqali bolalar uchun
perron,
v.' kzal, relslar, bekat, y o ‘lovchilar vagoni, yuk vagoni, pristan, pa-
Ittba
kabi so‘zlar tushunarli bo‘ladi. Suratlar bo‘yicha o‘tkaziladigan
mashg‘ulot tarbiyachidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Tarbiyachi
surat bo'yicha o‘tkaziiadigan mashg'ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan,
u awalo, surat mazmuni bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak. So‘ng
suratlami ko‘rib chiqish natijasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari
lozimiligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmuni
ni tushunib olishlarini, suratlami ko‘rib chiqishdagi izchillikni, bolalar
diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami
o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bo‘lishi, bola
lar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich - oddiy
xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi su
ratlar bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab
qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, tez
aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak.
243
|