Babayeva d. R


  Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. 
Hikoya 
tuzish jarayonida bolalaming narsalami ko‘rib idrok etishi, eslab 
hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
254


Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materi- 
allar asosida tuziladi. Ulardan tasawur etib hikoya qilish - ijodkorlik- 
ni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning bog‘liqligi 
va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. 
Jumladan, tarbiyachi tomo­
nidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hiko- 
yaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning 
vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ко4 rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida 
bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini 
rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy 
yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot 
asosida tuziladi.
Sardorning hikoyasi: 
«Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qomi 
og‘rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Shifokor kelib, bemor 
Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi. Sanjaming otasi, onasi shi- 
fokorga tashakkur bildirdilar».
Mehrinisoning hikoyasi: 
«Gulnoza dam olish kuni i?pasi, singli- 
si bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak 
olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chan- 
qadilar. 01xo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. 
Uchalasining ham qomi og‘rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada 
bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. 
Ular kerakli dori-darmonlami olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan 
so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bola­
lar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bo­
lalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun sa- 
boq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo- 
yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng 
tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin