Babayeva d. R


  Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. 
Bo­
lalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va 
hodisalami kuzatish orqali ulami suhbatga о‘rgatish. Bolalar turli 
mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala- 
rini, taassurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening 
o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» « 0 ‘rtog‘imizga 
ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyap- 
miz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda», 
«Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening 
onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi 
suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan 
suhbatlarda bolalar yangi so‘zlami bilib olishadi. Suhbatlar nati- 
jasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi 
so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, 
bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan 
savollami tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa 
va aniq boMishi. bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritish- 
ni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. 
Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday 
boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos 
she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hiko- 
yalar ham tanlasui kerak bo'ladi.
Mashg‘ulotr i boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat 
mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish 
suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan» 
nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning 
uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nima- 
lar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. 
So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvir- 
langan suratni olib keldim» - deb suratni ularga ko‘rinarli joyga 
ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2 
daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiya­
chi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savol­
lar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini 
hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkin-
238


chi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, 
undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi 
tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qan­
day yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘Isa, 
tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Su- 
ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk 
yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik 
gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu 
savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qan­
day rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari 
bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni- 
madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan 
o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday 
rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday 
rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar 
esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ко‘rib chiqish vaqtida bo­
lalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning 
ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning pan- 
jalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari 
qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa- 
vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar ja ­
vob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib 
beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh». Uning mushukchalari bor. 
U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk- 
chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang- 
dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib 
yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi 
va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib 
o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning 
yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va 
«xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yan- 
gi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo ‘r bo‘lib takrorlanadi. 
Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina 
qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning 
«Mushuk» she’rini):
239


Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh 
hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda 
bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti, 
chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu- 
rillaydi va boshqa so‘zlami kiritadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin