Babayeva d. R


  Mashg‘ulotlarda aqliy tarbiya usullari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Mashg‘ulotlarda aqliy tarbiya usullari. 
Pedagogika, psi- 
xologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish 
birinchi
navbatda bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni, 
ikkin-
chi
tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan 
ortiqcha zo‘rayish bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. 
To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to‘laqonli aqliy 
rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi 
muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun ke- 
rakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala 
orqali so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi. 
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli 
kattadir. Bolani bilimlami egallab olishi, aqliy faolligini rivoj­
lantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab olishi maktabda
230


muvaffaqiyatli o‘qishi uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorla- 
nishda manba bo‘lib, xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalami aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda tabiat va j amiyat to ‘ g ‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, 
ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan 
foydalanganligi, tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasawurga 
ega bo‘lishi kerak.
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok, 
xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni 
rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlami, aqliy mehnat 
madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar 
qiziquvchanligini, sinchkovligini rivojlantirish va shular aso­
sida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘mkmalami rivojlantirish, ya’ni oddiy 
faoliyat usullari, predmotlami tekshirish, ulardagi muhim va 
muhim bo‘lmagan belgUami ajratib ko‘rsatish boshqa pred­
metlar bilan taqqoslash raaktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy 
tarbiya berish vazifalaridan biridir.
0 ‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha sistemali 
mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvon­
lar to‘g‘risidagi ma’lum bir tasawurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bo- 
lalardagi aqliy ko‘nikma, malakalami rivojlantirish maqsadida tar­
biyachi bolalar bilan mashg‘ulotlami o‘tkazishni rejalashtirishi mum- 
kin. Bular quyidagilar:

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin