Babayeva d. R


mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ich­



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ich­
yapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyov-
laydi, xurillaydi
va hokazolami kiritadi. Suratlami ko‘zdan kechirish 
va u haqda suhbat mashg4 ulotining о‘ziga xos xususiyati shundaki, 
mashg‘ulotda ko‘p o‘rinni hikoya, yangi ma’lumotlar va so‘zlami 
ma’lum qilish, ulami bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar 
bilan taqqoslash egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalarga m’lum 
bo‘lgan so‘zlami faollashtirish, yangi so‘zlarni mustahkamlash 
elementlari mavjud. Ba’zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari 
bolalariga mashg‘ulotda rassomlaming reproduksiya suratlarini 
ko‘rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg‘ulotlar bolalarga
245


estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bo‘lib hisoblana­
di. Undan to‘g‘ri foydalanish natijasida tarbiyachi bolalar lug‘atini 
sezilarli darajada boyitishi mumkin. Maktabgacha tarbiya pedagogi- 
kasida va tasviriy faoliyat uslubiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalar yoshiga mos bo‘lgan suratlar reproduksiyasining ro‘yxatlari 
ishlab chiqilgan.
Mashg‘ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida 
qoldiriladi va bolalar uni yana bir bor diqqat bilan ko‘rib chiqa- 
dilar. Bolalar lug‘atini faollashtirish, aniqlash va mustahkam- 
lashda suratlardan keng foydalaniladi. 
Suratlarning turlari juda
xilma-xil. 
Masalan, predmetli suratlar, voqeaviy suratlar va ho- 
kazo. Suratlarni ko‘zdan kechirishdagi Iug‘at ishi bevosita kuza- 
tishdagi lug‘at ishidan ancha farq qiladi. Bolalar suratda buyum- 
laming tasvirini ko‘radilar va biz bolalarga shu tasvirdagi buyum- 
larni bilishga, ya’ni ularga m a’lum bo‘lganlari bilan taqqoslashga 
o ‘rgatamiz. Suratdagi tasvimi ko‘rib chiqish va unda nimalar 
tasvirlanganligini aytish uchun bola ilgari ko':gan, idrok qilgan 
so‘zni, buyumni esga keltirishi kerak. Suratda t pik obraz berilib, 
aniq narsalar tasvirlanadi, shuning uchun bola suratdagi tasvimi 
osonlikcha bilib oladi. Chiroyli surat bolalar dicqatini o‘ziga jalb 
qiladi va u suratni ko‘rib chiqish bilan birga, ovoz chiqarib, tas­
virdagi buyum, hodisa nomini aytadi, unga o‘z munosabatini bildi- 
radi. Dastlab kichkintoy suratdagi tasvirlarning nomlarini diqqa- 
tini o‘ziga tortuvchi, o‘ziga yaxshi tanish yoki qiziqarli bo‘lgan 
narsalarni tartibsiz sanab o‘tadi. Tarbiyachining vazifasi bolalami 
surat mazmunini idrok qilishga, izchillik bilan ko‘rib chiqishga, 
asosiy belgilarini ajratib ko‘rsata olishga o‘rgatishdan iboratdir. 
Suratlarni to ‘g ‘ri ko‘rib chiqish malakalari ta’lim jarayonida, tar­
biyachi rahbarligida shakllanib boradi. U buyum va hodisalarni 
suratdan darrov tanib olishga, hayotda ko‘rganlari bilan taqqos­
lashga, tasvirlanganlarni to‘g‘ri asoslashga o'rgatadi va bolalar- 
ning his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Suratdagi tasvirlar yuzasidan 
beriladigan umumiy savollar: Nima tasvirlangan? Yana nima 
deyish mumkin? bolalarni idrok qilishga o‘rgatmaydi. Suratdagi 
mazmunni aniq yoritishga yordam beruvchi ancha to‘g‘ri savol bu
246


- Surat nima haqida? degan savoldir. Tarbiyachi bolalarni sekin- 
astalik bilan bu savolga javob berishga o‘rgatib boradi. Bunda 
ushbu usullardan foydalaniladi:
1) o‘zi surat mazmunini qisqacha yoritib beradi;
2) markazdagi buyumni ko‘rsatkich tayoqcha bilan ko'rsatadi va shu 
vaqtning o‘zida: «Bu nima, bu kirn? deb so‘raydi, ya’ni birinchi savol 
aniq jaranglaydi; 3) surat kompozitsiyasi haqida beriladigan savol tuzi- 
lishiga diqqatini yo‘naltiradi: «Ona mushuk qayerda yotibdi va u kim- 
larga qarayapti?». Katta guruh bolalariga suratga nom o‘ylab topishni 
faqat mashg‘ulot oxirida emas, balki mashg‘ulotning boshida ham tak- 
lif etadi. Suratlami ko‘rib chiqish va u haada suhbat mashg‘uloti umu- 
miy faol didaktik prinsiplarga bo‘ysunadi. bu haqda bevosita kuzatish 
mashg‘ulotlari haqida fikr yuritilganda yoritib o‘tilgan suratni bolalar­
ga ko‘rsatishdan awal diqqatlari to‘planadi, tasvimi ko‘rib chiqishlari 
uchun vaqt beriladi, so‘ngra tarbiyachi rahbarligida suratdagi tasvir- 
lardan biri ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda ular o‘rtasidagi mazmunli 
bog‘liqlik aniqlanadi. Bu mashg‘ulotda lug‘at ishining asosiy usuli 
savoldir. Bunda turli shakldagi savollardar- foydalaniladi:
1. Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun - Surat nima 
haqida? Uni biz qanday ataymiz? -
2. Buyumlami tasvirlash uchun - Nima?, Qanday?, Qayerda?, 
Nima qilyapti?, Nimaga o‘xshaydi?
3. Suratning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklami 
aniqlash uchun - Nega?, Nima uchun?, Nimaga?,-Kimniki?, Ni- 
masi bilan o‘xshash?
4. Suratda tasvirlanganlardan chetga chiqish uchun - Keyin nima 
bo‘ladi? Bungacha nima boigan edi? Buni sen qanday topding?
5. Surat mazmuniga yaqin bo‘lgan, bolalar shaxsiy tajribasiga oid 
savollar - Senda shunday o‘yinchoq bormi, yaqinda bizning gu- 
ruhimizga kim keldi? Biz yangi bolani qanday kutib oldik?
6. Katta guruh bolalarining lug‘atlarini faollashtirish maqsadida 
sinonimlami tanlash uchun savollar - buni yana qaysi so‘zlar 
bilan aytish mumkin: kun-oftob-quyosh, yordamlashyapti- 
ko‘maklashyapti-qarashyapti, tiniq-beg‘ubor, iliq - issiq, go‘zal
- ko‘rkam va boshqalar.
247


Beriladigan savollar har doim ham javob berishni talab etuvchi 
bo‘lmasdan, balki yordam beruvchi ham bo‘lishi mumkin. Bunday 
savollardan ko‘proq kichik guruhlarda foydalaniladi - Bu mushuk- 
chami? Bu koptokmi? Katta guruhlarda Y.I.Tixeyeva tomonidan 
ishlab chiqilgan usullardan foydalanish mumkin. Bu usul «Kim 
ko‘proq ko‘radi» nomli, o‘yin shaklidagi mashqdir. Bolalar bu o‘yin 
mashqida suratda tasvirlangan buyumning belgilarini bir-birlarini 
takrorlamagan holda aytadilar. Bunday usul bolalarda kuzatuvchan- 
likni, diqqatni rivojlantirish va ularning lug‘atini boyitish uchun juda 
muhimdir. Bundan tashqari, suratlarni taqqoslash ham nimasi bilan 
o‘xshaydi, nimasi bilan o‘xshamaydi, juda yaxshi usul hisoblanadi. 
Suratlarni ko‘zdan ke.chirish va beriladigan savollaming maqsadi 
rasmning asosiy mazmunini aniqlashdan, ma’lum bir guruh so‘zlami 
faollashtiri§hdan iboratdir. Suratni ko‘zdan kechirish mashg‘ulotida 
bolaning sapiimiy muomala me’yori, hatto muomalada ko‘z qarash- 
lati, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish - muomala madaniyatining 
oddiy talab|ari ham ahamiyatlidir.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin