Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar,
tushunchalar
berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi,
bilim jarayoni,
sensor madaniyati, nutq faoliyati,
aqliy qobiliyatlari
takomillashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya etish, unga amal qilish o‘yin
mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalanila-
di. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi
kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari
vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni
va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga
amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralgandajavob berish.
3. 0 ‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4. 0 ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. 0 ‘yin qoidasini bajarish.
6. 0 ‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalaming yosh,
individual xususiyatlarini
hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi,
juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp
esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi.
Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri
baholash muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: