1-jadval
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida aso-
ean monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish
ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga
oid mantiqiy izchil gaplar
shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun
yo‘nalt>xilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon
etadi.
Bok uchun monologik nutq,
shubhasiz, psixologik jihatdan mu-
rakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola
monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida,
shuni tushunadiki, ting-
lovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qanday-
dir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada,
monologik nutq rejasini mantiqan tuzish,
maqsadini bayon etishga
oid iboralami to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlami to‘g‘ri talaffuz
qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bo
laga
shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan
so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan
«noqulaylik»ni his etadi.
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushu-
narli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, awalo, xotira
va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: