Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

beqaror, 
irodasi kuchsiz bo‘lib, 
tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his- 
tuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez 
pasayadi.
0 ‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini 
shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq 
tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakl- 
dagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, 
she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qizi- 
qish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish 
mashg‘ulo larida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirish- 
lari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalar­
da biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini 
tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xu- 
susiyatlami tarbiyachi har doim mashg‘ulotlami rejalashtirishda, uni 
o‘tkazishda hisobga olishi shart.
3. 
Mashg* ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati.
Nutqni o‘stirish mashg'ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa 
turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, 
tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay 
tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga 
bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki 
mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib bo­
riladi. 0 ‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiya­
chining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning nati­
jasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan 
juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning 
xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa,

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin