Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish



Yüklə 231,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix30.12.2022
ölçüsü231,96 Kb.
#78180
1   2   3   4   5   6   7
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6

1. Tanlab о‘qish. Bunda о‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini 
о‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog‘lanishini 
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, о‘qilgan matnga о‘z shaxsiy munosabatini 
ifodalashdan iborat bо‘lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan 
“Tabiatdagi о‘zgarishlar berilgan qismlarni topib о‘qing”, “Baqa va taqa” 
masalidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish о‘qing” kabi topshiriqlar 
berilishi mumkin. 
Tanlab о‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab о‘qishdan 
matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda 
foydalaniladi. U о‘quvchilarda yaxshi о‘qish sifatlarini о‘stirish bilan birga 
ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini о‘stirishga yordam beradi.
Tanlab о‘qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija 
munosabati bilan bog‘langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab 



qiladigan о‘rinlarini topib о‘qish hisoblanadi. Masalan, “Xarita” (Normurod 
Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bо‘lishi mumkin: 
− Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qо‘ydi? Shu о‘rinni 
topib о‘qing. 
− Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan о‘rinni topib о‘qing. 
Bunda о‘quvchi biror qatnashuvchi shaxs о‘zini qanday tutishini, nima uchun 
u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab о‘qiydi. 
Tanlab о‘qish ongli va ifodali о‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida 
ishlash kо‘nikmasini shakllantirish bilan birga qо‘shib olib borishga, bolalarning 
ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini о‘stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan 
о‘qish darslarida keng foydalaniladi.
Tanlab о‘qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmunini 
ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish 
(matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi 
materiallar tanlash)da, asar g‘oyasini aniqlash ( g‘oyani anglatgan о‘rinni topib 
о‘qish)da tatbiq etiladi.

Yüklə 231,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin